"Chelsi" "Yuventus"ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlahovichni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, London klubi vakillari futbolchining agenti bo'lgan otasi Milosh Vlahovich bilan allaqachon aloqaga chiqqan.
Ta'kidlanishicha, "Bavariya", "Barselona" va "Nyukasl" ham katta Vlahovich bilan muloqot qilgan.
Eslatib o'tamiz, Dushan 2022 yilning qishida "Yuventus"ga o'tgan. Shundan beri turinliklar safida o'ynab kelmoqda.
O'tgan mavsumda 26 yoshli serbiyalik futbolchi barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.