Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Madridning «Real» klubi «Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandesga qiziqishini yo‘qotmagan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, ispan grandi vakillari 25 yoshli argentinalik jahon chempionini uzoq vaqtdan buyon kuzatishmoqda. Futbolchining o‘zi ham yangi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Klub prezidentligiga qayta saylangach, Florentino Peres transfer bozorida faol harakatlarni amalga oshirishni niyat qilgan. «Chelsi» vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda va Madridliklar yarimhimoyachi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishini kutmoqda.
Ta’kidlanishicha, London klubi vitse-sardorini 140 million yevroga baholamoqda. Ammo u bilan xayrlashishga unchalik oshiqayotgani yo‘q va agar munosib taklif bo‘lmasa, Fernandesni tarkib olib qolishga ham mutlaq qarshi emas.
Argentinalikning «Chelsi» bilan shartnomasi 2032-yil yozigacha amal qiladi. Avvalroq, Fernandes atrofidagi vaziyatni «Pari Sen-Jermen» va «Manchester Siti» ham kuzatayotgani haqida yozilgan edi.