O'zbek Ўзбек

«Chelsi» «Borussiya Dortmund» hujumchisi bilan shartnoma imzoladi

Futbol
5 iyul, 11:00
London klubi yana bir transferni e'lon qildi.
«Chelsi» «Borussiya Dortmund» hujumchisi bilan shartnoma imzoladi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi «Borussiya Dortmund» vingeri Jeymi Gittens bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, «aristokratlar» Gittens uchun dortmundliklarga 64,3 million yevro to'lagan. Tomonlar o'rtasida 2032-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan.

O'tgan mavsumda Gittens klub safida barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar