Turkiyaning «Galatasaroy» klubi «Inter» yarimhimoyachisi Hoqon Chalxono'g'li transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, turklar 31 yoshli futbolchi bilan o'zaro kelishuvga erishgan. Hoqon jamoasini o'zgartirishga tayyor.
Chalxono'g'li o'tgan mavsum barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq «Inter» va «Galatasaroy» Chalxono'g'li transferi bo'yicha muzokaralarni boshlagani xabar qilingandi.