O'zbek Ўзбек

Boks. Bugun jahon kubogida o‘zbekistonlik 3 bokschi ringga ko‘tariladi

Boks
4 iyul, 03:54
3 iyul kuni Feruza Kazakova irodali g‘alabaga erishdi.
Boks. Bugun jahon kubogida o‘zbekistonlik 3 bokschi ringga ko‘tariladi
Foto: Olympic uz

Astana shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon kubogida eng kuchlilar saralanmoqda.

MOQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 3 iyul kungi bellashuvlarda o‘zbekistonlik Feruza Kazakova Xitoy Taypeyi vakili bilan kechgan murosasiz bahsda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

-54 kg: Feruza Kazakova — Tsiao-Ven Huang (Xitoy Taypeyi) 3:2

Bugun O‘zbekiston boks jamoasining 3 nafar a’zosi ringga ko‘tarilishi belgilangan:

-51 kg: Sabina Boboqulova — Pihla Kaivo-Oja (Filippin)
-65 kg: Navbahor Hamidova — Beatriz Oliveira (Braziliya)
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Eldana Talipova (Qozog‘iston)

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar