O'zbek Ўзбек

Boks. Astanadagi turnirda 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi

Boks
5 iyul, 05:25
Sotimboyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi, Boboqulova chorakfinalda yutqazdi.
Boks. Astanadagi turnirda 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Foto: Olympic uz

Astana shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon kubogi hal qiluvchi bosqichga kirmoqda.

MOQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 4 iyul kungi bellashuvlarda Sabina Boboqulova va Navbahor Hamidova chorakfinal, Oltinoy Sotimboyeva yarimfinal jangini o‘tkazishdi. Ular orasida Hamidova g‘alaba qozonib, bugun — 5 iyul kuni final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradigan bo‘ldi. Sotimboyeva esa bronza medali bilan taqdirlandi.

-51 kg: Sabina Boboqulova — Pihla Kaivo-Oja (Filippin) 0:5
-65 kg: Navbahor Hamidova — Beatriz Oliveira (Braziliya) 5:0
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Eldana Talipova (Qozog‘iston) 2:3

Bugungi kun dasturidan to‘liq yarimfinal bahslari o‘rin olgan bo‘lib, unda 4 nafar o‘zbekistonlik hal qiluvchi bosqich yo‘llanmasi uchun bellashadi. Juftliklar:

-54 kg: Feruza Kazakova - Sakshi (Hindiston)
-80 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Eseta Flint (Avstraliya)
-65 kg: Navbahor Hamidova - Morelle Mkkeyn (AQSH)
-75 kg: Aziza Zokirova - Sunniva Hofstad (Norvegiya)

Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kungi bahslarda Feruza Kazakova raqibi ustidan irodali g‘alabaga erishgandi.

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar