O'zbek Ўзбек

Bir qator sportchilarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Boshqa sportlar
29 iyun, 05:42
Ular safida yosh sportchilarimiz ham bor.
Bir qator sportchilarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Foto: MOQ

30 iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shgan bir guruh yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular safida bir qator yosh sportchilarimiz ham bor. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Qarori va farmoniga ko‘ra, davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan ushbu yosh sportchilar bilan tanishing.

«Kelajak bunyodkori» medali bilan:

Feruza Sodiqova — Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiyi;

Bobur Abduholikov — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi;

Fotima Saipova — Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya jamoasi a’zosi;

Gulruxbegim Tohirjonova — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zosi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan:

Ulug‘bek Rashidov — Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati);

Mixail Kleshko — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);

Shermuhammad Jandreev — Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi.

Avvalroq erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egallagani ma’lum qilingandi.

Shohrux Zoirov
Shohrux Zoirov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar