O'zbek Ўзбек

Beyl «Kardif»ni sotib olish uchun rasmiy taklif yubordi

Futbol
5 iyul, 13:30
Uelslik futbolchi klubni APLga qaytarmoqchi.
Beyl «Kardif»ni sotib olish uchun rasmiy taklif yubordi
Photo: gettyimages

Uels milliy jamoasi, «Tottenhem» hamda «Real Madrid» sobiq futbolchisi Garet Beyl professional futbolga yana qaytishi mumkin.

Bu safar o'yinchi sifatida emas. Gap shundaki Garet «Kardif Citi» futbol klubini sotib olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi. Beyl klub uchun 40 million yevro bermoqchi.

Chempionshipdan quyiroq bo'lgan ligaga tushib ketgan jamoaning xo'jayini Vinsent Tan klubni sotmoqchi emas.

«Biz «Kardif»ni sotib olishga qiziqmoqdamiz. Bu yer mening uyimdir. Amaki-tog'alarim bilan futbol o'ynashga odatlangan va men yoshlikdan katta bo'lgan hudud. Bu klubni sotib olsam orzularim ushaladi. «Kardif» mening yuragimga yaqin va uning bir bo'lagi sifatida jamoani yana APLga olib chiqishdan xursand bo'lar edim»,-dedi Beyl Sky Sportga bergan intervyusida.

Sobiq futbolchilarning klublar sotib olishi yangilik emas. Bekhem, Ronaldo (so'yloqtish) va boshqa sobiq futbolchilar ham ayni paytda o'z klublariga ega.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar