Live
1
O'zbek

"Beshiktosh" Shevale bilan shartnoma imzolamoqchi

Futbol
9 iyun, 13:12
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Beshiktosh" Shevale bilan shartnoma imzolamoqchi
Фото: Getty Images

«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevale faoliyatini «Beshiktosh»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Turkiya klubi fransiyalik 24 yoshli kiperning agentlari bilan muzokara o'tkazgan.

Lyuka hozirda takliflarni ko'rib chiqmoqda. U «PSJ»ni tark etish haqida o'ylamoqda.

O'tgan mavsum davomida Shevale rossiyalik darvozabon Matvey Safonovga raqobatni boy berdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, uning bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Besiktas Besiktas
Bugungi yangiliklar