«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Bernardu Silvaning kelajagi borasidagi qaror 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin qabul qilinadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Insayderning yozishicha, futbolchi hozircha o‘z kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan va bu masala mundialdan keyin ko‘rib chiqiladi.
Qayd etilishicha, «Barselona» va «Atletiko» vakillari Bernardu Silvaning agenti Jorje Mendesh bilan bir necha haftadan buyon muzokaralar olib bormoqda. Shunga qaramay, transfer bo‘yicha hech qanday kelishuvga erishilmagan.
Manba futbolchi uchun boshqa klublar ham kurashga qo‘shilishi mumkinligini istisno etmagan.
Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva so‘nggi yillarda «Manchester Siti»ning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lib kelayotgan edi.