Live
1
O'zbek

Bayindir «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin

Futbol
9 iyun, 05:03
Turkiyalik darvozabon ko‘proq o‘yin amaliyoti olishni istamoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Bayindir «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» darvozaboni Altay Bayindir yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklarning hozirgi rejasi Bayindirning boshqa jamoaga o‘tishi va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» ayni paytda ikkinchi darvozabon pozitsiyasi uchun yangi nomzod izlamoqda. Tajribali Tom Xiton esa jamoada uchinchi darvozabon sifatida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Altay Bayindir 2023 yilda Turkiyaning «Fenerbaxche» klubidan «Manchester Yunayted» safiga kelib qo‘shilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar