O'zbek Ўзбек

«Barselona» Reshford va Dias o'rtasida tanlov qildi

Futbol
5 iyul, 09:26
Kataloniyaliklar Uilyams transferida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
«Barselona» Reshford va Dias o'rtasida tanlov qildi
FOTO: Getty Images

«Barselona» sport direktori Deko va bosh murabbiy Hans-Diter Flik «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford bilan emas, «Liverpul» futbolchi Luis Dias bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Reshford transferda yon berishga tayyor bo'lishiga qaramay, «ko'k-anorranglilar» unga qiziqish bildirmayapti.

«Barselona» Diasni sotib olmoqchi, chunki klub uni jamoada o'ynashga qodir va yetakchilik fazilatlariga ega bo'lgan ko'p qirrali futbolchi deb hisoblamoqda.

Ta'kidlanishicha, Reshford o'z agenti orqali kataloniyaliklarga jamoaning bir qismi bo'lish istagini bildirgan.

O'tgan mavsumda Reshford 41 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Dias esa 50 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol va 8 ta assistni o'z nomiga yozdirib qo'ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar