Live
1
O'zbek

«Barselona» «Chelsi» himoyachisini transfer qilishi mumkin

Futbol
9 iyun, 06:00
Levi Kolvill kataloniyaliklarning transfer ro‘yxatidan joy oldi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Barselona» «Chelsi» himoyachisini transfer qilishi mumkin
Foto: Getty Images

«Chelsi» markaziy himoyachisi Levi Kolvill faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga «Barselona» qiziqish bildirmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi yozgi transferlar oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan va Kolvill nomzodlar qatoridan joy olgan.

Transfermarkt portali angliyalik futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholagan.

Qayd etilishicha, Kolvillning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Kolvill o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 3 ta bahsda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar