Mario Balotelli faoliyatini MLS va Meksika ligalaridan birida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik 34 yoshli hujumchi «Jenoa»dan ketganidan beri erkin agent maqomiga ega bo'lib turibdi va futbolchilikni tugatish haqida o'ylamoqchi emas.
Balotellining xizmatlariga Meksikaning «Krus Azul» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Undan tashqari futbolchi yanqinda «Lill»ga ketgan Jiruning o'rnini egallash orqali «Los Anjels» klubiga ham o'tishi mumkin.
Agar Mario yangi klubi bilan kelishuvga erisha olsa, bu uning so'nggi 5 yildagi 6 jamoasi bo'ladi.