O'zbek Ўзбек

Asror Aliqulov: «Beshta himoyachi bilan o‘ynab ham gol o‘tkazdik»

Futbol
5 iyul, 16:09
«Masha'l» murabbiyi OKMKdan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
Asror Aliqulov: «Beshta himoyachi bilan o‘ynab ham gol o‘tkazdik»
PHOTO: Mash'al FK

Superliga 15-tur doirasidagi «Mash'al» – OKMK (0:1) qarama-qarshiligidan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

«Afsuski, o‘yinni yomon boshladik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin uyg‘ondik. OKMK bir nechta uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayotganini bilardik. Shunga qaramsdan bu jamoaning o‘yini yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ikkinchi taymda o‘yinni kuchaytirishga harakat qildik, lekin raqib himoyada bexato harakat qildi. Bosim uyushtirdik va natijada bahs oxirlarida qulay vaziyatga ega bo‘ldik. Ammo yakunda kichik hisobda imkoniyatni boy berib, mag‘lub bo‘ldik.

Superligada yaxshi ishtirok etish uchun har doim yaxshi o‘yinchilar kerak bo‘ladi. Bu faqat himoya chizig‘i bilan bog‘liq emas. Hamma chiziqlarga yaxshi o‘yinchilar kerak. Bu hozirgi Superliganing talabi. Biz ham bu borada futbolchilar bilan ishlayapmiz, mashg‘ulotlarda uqtiryapmiz, o‘yinchilarni uyg‘otishga harakat qilyapmiz. O‘yindan oldin ko‘rsatma berganda raqib o‘yinchilarining nomigacha aytamiz. Kim kimni yopishi kerakligi haqida ko‘rsatma beramiz. Ammo bugun o‘zingiz ko‘rdingiz, beshta himoyachi bilan o‘ynab ham gol o‘tkazdik. Lekin ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman.

Zaxiramizdagi hujumchi o‘yinni kuchaytira olmasdi, chunki OKMK himoyasi baribir kuchli ekanini bilardik. Ularda mahoratli futbolchilar ko‘p. Bizga yaxshi saviyadagi yarim himoyachilar ham kerak. Bunday o‘yinlarda saviya ko‘p narsani hal qiladi»,- dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar