"Arsenal" Viktor Gokereshni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin.
Insayder Fabrizio Romanoning xabariga ko‘ra, so‘nggi soatlarda muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Shvedlik 27 yoshli hujumchi "Sporting" mashg‘ulotlariga qaytmaydi. U lissabonliklarni tark etishga qaror qilgan.
Gokeresh "to‘pchilar" bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolaydi. Qolaversa, futbolchi klubda qancha maosh olishi borasida ham kelishuvga erishgan.
Endi so‘z "Arsenal" va "Sporting" jamoalarining o‘zaro kelishuvida qoldi. Portugaliyaliklar Viktorning transferidan kamida 80 million yevro ishlab olmoqchi.
Yakunlangan mavsumda Gokeresh lissabonliklar safida barcha turnirlarda 52 o‘yinda 54 ta gol va 13 assist qayd etdi. Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko‘ra, uning bozor bahosi 75 million yevroga teng.
Avvalroq shvedlik 27 yoshli futbolchi "Manchester United" va "Juventus"dan tushgan takliflarni rad etgandi.