AQSHda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2026 ochilish o‘yini shanba, 13-iyunga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 06:00da boshlanadi.
O‘yin Inglvuddagi «Sou-Fay» stadionida bo‘lib o‘tishi reja qilingan. Maydonda AQSH va Paragvay milliy jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ keladi.
Ma’lumot uchun, musobaqada 48 jamoa ishtirok etadi, ular 12 guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhda 4 tadan jamoa bor. Uchta mezbon mamlakat (AQSH, Kanada, Meksika) avtomatik ravishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, qolgan jamoalar saralash bosqichidan o‘tishdi.
Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichi 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Jamoalar guruhda bir-biri bilan aylanma tarzda (har biri uchta o‘yin) o‘ynaydilar. Har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan sakkizta eng yaxshi jamoa ham ishtirokini davom ettiradi. Musobaqada jami 104 ta o‘yin o‘tkaziladi — bu jahon chempionatlari uchun rekord hisoblanadi.