5 karra «Katta dubulg‘a» turnirlari g‘olibi, jahonning ikkinchi raqamli raketkasi Karlos Alkaras g‘alabali seriyasini 20 o‘yinga yetkazdi.
Ispaniyalik tennischi Uimbldon-2025 ikkinchi bosqichida britaniyalik Oliver Tarvetni (733) 6:1, 6:4, 6:4 hisoblarida mag‘lub etdi.
20 o‘yinlik g‘alabali seriya — XXI asrdagi 7-ko‘rsatkich. Xuddi shunday natijani rossiyalik Daniil Medvedev ham qayd etgan. Bu borada rekordchi Novak Jokovich sanaladi.
XXI asrda ATP miqyosida eng uzun g‘alabali seriyalar:
Novak Jokovich (2010–2011) — 43;
Rojer Federer (2006–2007) — 41;
Rafael Nadal (2008) — 32;
Endi Marrey (2016–2017) — 28;
Yannik Sinner (2024–2025) — 26;
Xuan Martin del Potro (2008) — 23;
Daniil Medvedev (2020–2021) — 20;
Karlos Alkaras (2025) — 20...
Alkarasning Uimbldondagi keyingi raqibi Feliks Oje-Alyassim (Kanada, 25) — Yan-Lennard Struff (Germaniya) bellashuvida aniqlanadi.
Avvalroq 22 yoshli tennischi faoliyatidagi 21-titulni qo‘lga kiritgandi.