Karlos Alkaras Londondagi Queen’s Club turnirida g‘olib bo‘ldi.
Bu ispaniyalik tennischi uchun chim kortlardagi 4-titul bo‘ldi. U bu borada Felisiano Lopes va Rafael Nadaldan yetib oldi. Ammo 22 yoshli Karlosdan farqli ravishda ular faoliyatini yakunlagan.
Alkarasning chim kortlardagi g‘alabalari — 90%, Nadalda — 79% va Lopesda – 62%.
Avvalroq Alkaras deyarli 6 soat davom etgan "Rolan Garros" finalida superkambeck amalga oshirib, g‘olib bo‘lgandi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan haftada Londonda ham turnir bo‘lib o‘tdi va unda Aleksandr Bublik g‘alaba qozondi.