«Al Hilol» klubi «Nottinghem Fores» bosh murabbiyi Vitor Pereyra xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Saudiya klubi portugaliyalik mutaxassis uchun katta maosh ko'zda tutilgan rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Riyod klubining amaldagi bosh murabbiyi Simone Inzagi shu yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Pereyra uchun Saudiya Arabistoni chempionati begona emas. U muqaddam ushbu mamlakatda «Ash Shabob» va «Al Ahli» klublarini boshqargan.
O'z navbatida «o'rmonchilar» ham Pereyra bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. U jamoani 2026 yilning fevralidan beri boshqarmoqda.