Superliga peshqadami "Nasaf" 15-turda Samarqandda "Dinamo" bilan durang (2:2) qayd etgach, o'yindan so'ng qarshiliklar yetakchilaridan biri Akmal Mozgovoy mehmon jamoa muxlislari bilan xayrlashdi.
Qarshi klubi rahbariyati Samarqanddagi uchrashuvdan so'ng Akmal Mozgovoyga zarbof chopon kiydirib, futbolchi bilan rasman xayrlashdi. 26 yoshli yarimhimoyachi "Nasaf" sharafini 8 yil davomida himoya qilib, O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
Tribuna.uz manbasiga ko'ra, "Nasaf" Mozgovoyni BAAdagi "Baniyas" klubiga transfer qilgan.