O'zbek Ўзбек

Akademik eshkak eshish. Ilk bor o‘zbek sportchisi jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi

Boshqa sportlar
29 iyun, 05:54
Shveytsariyaning Lyutsern shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon kubogi bahslari o‘tkazilmoqda.
Akademik eshkak eshish. Ilk bor o‘zbek sportchisi jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi
Foto: MOQ

Ilk bor akademik o‘zbek eshkak eshuvchi jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

«Shveytsariyaning Lyutsern shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston milliy jamoasi tarixda ilk bor mazkur toifadagi musobaqada dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.

LM1x dasturida (engil vaznli yakkalik) kechgan bahslarda Parij-2024 yozgi olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Shahzod Nurmatov marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston sportchilari jahon kubogida bronza medalni qo‘lga kiritgani ma’lum qilingandi.

Shohrux Zoirov
Shohrux Zoirov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar