O'zbek Ўзбек

Afsonaviy Jon Jons faoliyatini yakunladi. Og‘ir vaznda yangi chempion e’lon qilindi

MMA
22 iyun, 08:10
Bu haqida liga prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi.
Afsonaviy Jon Jons faoliyatini yakunladi. Og‘ir vaznda yangi chempion e’lon qilindi
Foto: Getty Images

Jon Jons faoliyatini yakunladi. Bu haqida Bokudagi UFC turniridan keyingi matbuot anjumanida liga prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi.

Jons 37 yoshda, MMAda 28 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. U promouterlik tarixidagi eng yosh chempion (23 yosh) sanaladi. U 2008 yildan buyon UFCda ishtirok etib, yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik kamarini 11 marta himoya qilgan.

Og‘ir vazn toifasida esa Jones ikki jang o‘tkazgan va ularni muddatidan oldin yakunlagan: Siril Ganva Stip Miochichni mag‘lub etgan.

Jons ketgach, Tom Aspinal og‘ir vazn toifasida yangi chempionga aylanib, vaqtincha kamar sohibiga aylandi.

Foto: Getty Images
Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar