O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda yutqazdi
Nov. 20, 2018, 4:54 p.m. 11091

O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazib, yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Unda qayd etilgan hisob o'yin sTsenariysini ham to'la aks ettirish bilan birga jamoalar saviyasi va tajribasi o'rtasidagi farqni ham yaqqol ko'rsatib berdi.

O'yinning 9-daqiqasida hisob ochildi. Li Yong o'ng qanotdan uzatib bergan to'pni Nam Taehi to'xtatmasdan chap oyoq zarbasi bilan Nesterov darvozasiga joylab qo'ydi.

24-daqiqada burchak zarbasidan so'ng O'zbekitson darvozasi oldida tartibsizlik yuzaga keldi. Ignatiy dastlab Li Yongning zarbasini qaytardi, ammo yaqin masofadan rikoshet natijasida qo'liga etib kelgan to'pni ushlab qola olmadi. Takroriy zarbada esa koreyslar hujumchisi Hvang Uijo mo'ljaldan adashmadi – 0:2.

Tanaffusdan so'ng ham O'zbekiston terma jamoasi o'yinida ko'tarilish ko'zga tashlangani yo'q. Koreyslarning zaxiradan o'yinga qo'shilgan ikki futbolchisi – Mun Seonmin (69-daqiqa) va Suk Hyunjun (81) o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygach, hisob yirik ko'rinishga keldi – 4:0.

Ushbu o'yin va ushbu hisob, shubhasiz, Ektor Kuper boshchiligidagi argentinalik murabbiylar shtabi uchun Osiyo kubogi oldidan unutilmas dars, terma jamoaning yosh azolari uchun esa beqiyos tajriba bo'ldi.

O'rtoqlik o'yini
20 noyabr. Brisben, "Queensland Sport and Athletics Centre"
O'zbekiston – Janubiy Koreya – 4:0 (2:0)
Gollar:
Nam Taehi (9), Hvang Uijo (24), Mun Seonmin (69), Suk Hyunjun (81)
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov, Doston Hamdamov (Husniddin G'ofurov, 74), Javohir Sidiqov (Ikrom Aliboev, 64), Aziz Turg'unboev (Marat Bikmaev, 46), Eldor Shomurodov.
Zaxira: Eldorbek Suyunov, O'tkir Yusupov, Vladimir Kozak, Doston Tursunov, Egor KrimeTs.
Janubiy Koreya: Jo Hyongvu, Park Juho (Hong Chul, 75), Kim Yongvon (Kvon Kyungvon, 63), Jung Seonghyun (Park Jisu, 82), Li Yong, Hvang Inbeom, Ju Sujong, Li Chungyong (Li Jinhyun, 75), Nam Taehi (Mun Seonmin, 51), Na Sangho, Hvang Uijo (Suk Hyunjun, 69).
Hakamlar: Kris Bit, Eshli Bichem, Anton Shetinin, Piter Grin.
VAR tizimidagi hakamlar: Jarred Gillet, Richard Naumovski.