O'zbekiston terma jamoasi so'nggi 4 yilda ilk marotaba 4ta to'p farqi bilan yutqazdi
Nov. 20, 2018, 5:36 p.m. 3700

O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Bellashuv Ektor Kuper shogirdlarining 0:4 hisobidagi mag'lubiyati bilan tugadi. 

Bu «oq bo'rilar»ning so'nggi 4 yil ichidagi 4ta gol farqi bilan boy berilgan ilk o'yini bo'ldi. 2015 yil 31 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi Mirjalol Qosimov murabbiyligida, Yaponiyada mahalliy terma jamoaga 1:5 hisobida yutqazgan edi. 

Bundan tashqari, O'zbekiston terma jamoasi so'nggi bor raqibdan 4ta golni o'sha yili 16 iyun kuni o'tkazib yuborgan va KXDR terma jamoasidan safarda 2:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Shundan so'ng, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov istefoga chiqarildi.