O'rtoqlik o'yinlari. Avstraliya va Yaponiyada yirik g'alaba
Nov. 20, 2018, 5:52 p.m. 2345

Dunyo terma jamoalari FIFA kunlaridan foydalanib, o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazmoqdalar.

Avstraliya o'z maydonida Livanni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Boyl o'yinda 2ta gol urdi. 

Yaponiya o'z uyida Qirg'iziston terma jamoasi darvozasiga javobsiz 4ta to'p yo'lladi. Osako dubl sohibi bo'ldi.

O'rtoqlik o'yinlari
20 noyabr

Avstraliya – Livan 3:0
Gollar: Boyl (19, 41), Leki (68) 

Yaponiya – Qirg'iziston 4:0
Gollar: Yamanaka (2), Xaraguti (49), Osako (72, 73)