Pro-Ligada pley-off ishtirokchilari malum bo'ldi
Nov. 20, 2018, 5:23 p.m. 3159

Pro-Liga V guruhida 36-tur o'yinlari o'tkazildi. 

Toshkent viloyatining «Nurafshon» klubi safarda «Iftixor» bilan kuch sinashishi lozim edi. Ammo, oltiariqliklar bu o'yinda maydonga tushishni o'ziga ep ko'rmadilar. Natijada, ularga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozildi. «Nurafshon» esa guruh g'olibiga aylandi.

Ikkinchi o'rinni Samarqandning «Sherdor» klubi qo'lga kiritdi. Jamoa bu turda dam oldi.

Endi Pro-liga pley off o'yinlarida «Mashal» – «Sherdor» va «Istiqlol» – «Nurafshon» juftliklari bellashadi.

Pro-liga, V guruhi, 36-tur
20 noyabr

«Labsa» – «Zomin» 4:1
Gollar: Said Ashurov (14, 22, 34), Baxrom Narzullaev (51) - Durbek Kamolov (24) 

«Lokomotiv BFK» – «G'ijduvon» 0:1
Gol: Mirzobek Joniqulov (10) 

«Xotira 79» – «Yozyovon» 2:4
Gollar: Bobur Mamajonov (20, 65) - Maqsad Ibragimov (21), Abdulaziz Jo'raboev (61, 90+5), Asliddin Aloliddinov (87)

«Iftixor» – «Nurafshon» - : + 


Pro Liga, pley off
26-27 noyabr

1-juftlik. «Mashal» – «Sherdor»
2-juftlik. «Istiqlol» – «Nurafshon»

Superliga, pley off
3 dekabr
Superliga 11-o'rin – 1- juftlik g'olibi

4 dekabr
Superliga 10-o'rin – 2- juftlik g'olibi

Barcha o'yinlar Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.