PFL 2019 yildan yangi chempionat o'tkazishni yo'lga qo'yadi
Nov. 20, 2018, 5:58 p.m. 5588

“O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini liTsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament” O'FA Ijroqo'mi byurosi tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mazkur reglament futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun tayyorlab boradi. Bundagi eng katta yangilik — kelasi mavsumdan boshlab PFL doirasidagi musobaqalar sonining yana 1 taga oshishidir. LiTsenziyalash reglamentida Superliga va Pro-liga qatorida, kelasi yildan boshlab tashkil etiladigan 2-liga uchun talablar ham aks etgan.

Shu vaqtgacha 2-liga sifatida tushunib kelingan va viloyat futbol federaTsiyalari tomonidan o'tkazilgan 2-liga musobaqalari esa endi rasman 3-liga nomini oladi.

Professional futbol ligasi ertaga, 21 noyabr kuni yuqoridagi reglamentni Superliga va Pro-liga klublariga elektron tarzda etkazib beradi. Shuningdek, reglament futbol jamoatchiligi uchun ham taqdim etiladi. Tez kunlarda liTsenziyalash bo'yicha reglament kitobcha holida ham chop etiladi.

Mazkur reglamentdagi etiborga molik jihatlar haqida bosqichma-bosqich malumot berib boriladi. U Osiyo Futbol KonfederaTsiyasining klublarni liTsenziyadan o'tkazish talablari asosida ishlab chiqilgan.