Niderlandiya Germaniya maydonida jasorat ko'rsatib, Millatlar ligasi pley-offiga chiqdi
Nov. 20, 2018, 7:53 a.m. 10217

Evropa Millatlar ligasining A divizionida guruh bosqichi amalda yakuniga etdi. Kecha oqshom birinchi guruhda pley-offning so'nggi ishtirokchisi aniqlandi.

Germaniya maydoniga safar qilgan Niderlandiya terma jamoasi o'yin so'nggida kambek namoyish etib, dramatik tarzda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Gelzenkirxendagi uchrashuvning 9- va 19-daqiqalarida ikki hujumchi Timo Verner va Leroy Sanening gollari evaziga mezbonlar deyarli butun uchrashuv davomida ikki to'p farqi bilan hisobda oldinda borishdi, ammo so'nggi besh daqiqa ichida vaziyat tubdan o'zgardi. Dastlab 85-daqiqada Kuinsi Promes hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi, 90-daqiqada esa jarima maydoni markazida bo'sh qoldirilgan mehmonlar sardori Virjil van Deyk muvozanatni tikladi.

Natijada niderlandlar ochkolar hisobi bo'yicha FranTsiyaga etib oldi va o'zaro o'yinlardagi ustunlik evaziga guruh g'olibligini qo'lga kiritdi. Ronald Kuman jamoasi so'nggi ikkita jahon chempionati g'oliblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.

Millatlar ligasi
Germaniya – Niderlandiya 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 9 Verner, 2:0 – 19 Sane, 2:1 – 85 Promes, 2:2 – 90 van Deyk.
Germaniya – Noyer, Kimmix, Zyule, Xummels, ShulTs, Sane (GoretTska, 80), Kroos, Kerer, Gnabri (Myuller, 67), Ryudiger, Verner (Roys, 63).
Niderlandiya – Sillessen, de Ligt, Blind, Tete, van Deyk, Depay, de Ron, Promes, Veynaldum (Trindade, 60), Babel (Dilrosun, 45; de Yong, 66), de Yong.
Ogohlantirishlar: Xummels (14), Veynaldum (38), Kroos (52), Kimmix (68).

Bunga qadar «A» ligasining qolgan uchta guruhida ham g'oliblar aniqlangan, unga ko'ra ShveyTsariya, Portugaliya va Angliya termalari ham final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Ushbu to'rtta jamoa 2019 yilning 5-9 iyun kunlari Portugaliya mezbonlik qiladigan pley-off uchrashuvlarida qatnashadi.

Yarim finalga qura tashlash marosimi 3 dekabr kuni Dublinda bo'lib o'tadi. Dastlabki juftliklar g'olibi finalga yo'l olsa, mag'lub bo'lganlar uchinchi o'rin uchun bahsda maydonga tushadi. Final bosqichi ishtirokchilari Evro-2020 saralashi qurasida oltitalik emas, beshtalik guruhlardan o'rin egallashadi.

Malumot uchun, musobaqa g'olibi 7,5 mln evro ishlab oladi. Finalchiga – 6,5 mln, uchinchi o'rin sohibiga 5,5 mln va pley-offdagi ikkala o'yinni ham boy bergan jamoaga 4,5 mln evro to'lanadi.

Bugun oqshom boshqa ligalar qatori yuqori divizionda ham so'nggi uchrashuv bo'lib o'tadi. Unda uchinchi guruh g'olibi Portugaliya so'nggi o'rindagi Polshani qabul qiladi. Ushbu uchrashuv natijasidan qati nazar, Polsha, shuningdek, boshqa uchta guruhdan Germaniya, Islandiya va Xorvatiya terma jamoalari «A» ligasini tark etadi.

19 noyabr oqshomida quyi divizionlar doirasida quyidagi natijalar qayd etildi.

«B» ligasi
Daniya – Irlandiya 0:0 (0:0, 0:0)

Chexiya – Slovakiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 32 Shik.

«S» ligasi
Kipr – Norvegiya 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 36 Kamara, 0:2 – 48 Kamara.
Chetlatishlar: Selis (80, Kipr), Elyunussi (90, Norvegiya).

Bolgariya – Sloveniya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 68 Ivanov, 1:1 – 75 ZayTs.

«D» ligasi
Andorra – Latviya 0:0 (0:0, 0:0)

Chetlatish: Shabala (38, Latviya).

Gruziya – Qozog'iston 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 59 Merebashvili, 2:0 – 84 Chakvetadze, 2:1 – 90 Omirtaev.

Lixtenshteyn – Armaniston 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 9 Adamyan, 1:1 – 44 Byuxel, 2:1 – 47 Xasler, 2:2 – 85 Karapetyan.

Makedoniya – Gibraltar 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 27 Bardi, 2:0 – 67 Nestorovski, 3:0 – 80 Nestorovski, 4:0 – 90 Traykovski.