Avstraliya futboli afsonasi xalqaro faoliyatini yakunladi
Nov. 20, 2018, 6:54 p.m. 2222

Avstraliya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Livan darvozasiga javobsiz uchta to'p yo'lladi.

Bu mamlakat futboli afsonasi Tim Kehill uchun terma jamoa libosidagi so'nggi o'yin bo'ldi. Hujumchi 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Kehill Avstraliya terma jamoasi tarkibida 2004 yilda debyut qilgan edi. U jami 107ta o'yinda maydonga tushib, 50ta gol urdi.

O'rtoqlik o'yini
Avstraliya – Livan 3:0
Gollar: Boyl (19, 41), Leki (68)