Ronaldu: «O'zildan haliyam xafaman»
Nov. 19, 2018, 7:55 p.m. 25158

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Real» klubida o'ynab yurganida, jamoadoshi Mesut O'zilning «Arsenal»ga o'tib ketganidan darg'azab bo'lganini tan oldi.

«O'zilning ketishi men uchun yomon xabar bo'lgan. Mesut maydondagi va darvoza oldidagi harakatlarimni juda yaxshi tushunadigan futbolchi edi. «Arsenal»ga o'tib ketgani uchun undan haliyam xafaman», — deb Ronaldu so'zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

Ronaldu va O'zil 2010-2013 yillarda «Real»da birgalikda o'ynaganlar va Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida g'olib chiqishgan. O'zil 2013 yilda «Arsenal»ga o'tib ketgan.