Millatlar Ligasi. Qozog'istonning «qoqilishi» Gruziyaga qo'l keldi
Nov. 15, 2018, 10:14 p.m. 2420

Millatlar Ligasida 5-tur o'yinlari start oldi.

D ligasining 1-guruhida Qozog'iston terma jamoasi o'z maydonida Latviyani qabul qildi. O'yin 1:1 hisobida yakunlandi. 37-daqiqada Suyumbaev mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 49-daqiqada Rakels vaziyatni tenglashtirdi.  

Bu natija Gruziya terma jamoasiga qo'l keldi. Ular 4 o'yindan so'ng 12 ochko jamg'arib, muddatidan oldin guruhda g'olib bo'lishdi. Qozog'iston terma jamoasi 5 o'yindan so'ng 6 ochko bilan 2-o'rinni, Latviya shuncha o'yindan so'ng, 3 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. Andorra hisobda 4 o'yindan so'ng 2 ochko bor.

Millatlar Ligasi
D liga, 1-guruh
Qozog'iston – Latviya 1:1
Gollar:
Suyumbaev (37) - Rakels (49)