Messining terma jamoaga qachon qaytishi taxmin qilindi
Nov. 15, 2018, 9:42 p.m. 2739

Argentina terma jamoasining bosh menejeri Xorxe Burruchaga hujumchi Lionel Messining «albiseleste» tarkibiga qaytishiga shubha qilmayapti.

Messi jahon chempionatidan so'ng, terma jamoadagi faoliyatini 2018 yil oxiriga qadar to'xtatgan edi.

«Hozircha Messining qaytish sanasi malum emas va yil oxiriga qadar uni terma jamoada ko'rmaymiz.

Biroq, Messi umuman qaytmaydi degan variant yo'q. Ishonchim komil, kelasi yili uni milliy terma jamoa safida ko'ramiz», - deb Burruchaga so'zlarini keltirmoqda FourFourTwo.