«Manchester Yunayted» arab shahzodasi qo'liga o'tishi mumkin
Nov. 15, 2018, 11:03 p.m. 7101

«Manchester Yunayted» xo'jayinlaridan biri Avram Gleyzer Saudiya Arabistoniga borib, Misk Global xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etdi.

Bundan tashqari, u mahalliy shahzoda Muhammad Ol Saud bilan uchrashdi.

Goal xabariga ko'ra, uchrashuvda «Manchester Yunayted» akTsiyalarini saudlar oilasiga sotish masalasi muhokama qilingan bo'lishi mumkin. Shahzoda buning uchun 3 milliard evro sarflashga tayyor.

Ingliz matbuoti xabariga ko'ra, gleyzerlar oilasi «qizil iblislar»dan mahrum bo'lmoqchi emas, ammo akTsiyalarning bir qismini sotishi mumkin.

Qayd qilish joizki, Avram Gleyzer Saudiya Arabistoni futbol federaTsiyasi rahbari bilan ham uchrashgan.