FIFA agentlar uchun yangi qoidalarni joriy qiladi
Nov. 15, 2018, 10:58 p.m. 1297

Xalqaro futbol federaTsiyasi (FIFA) agentlik liTsenziyasini olishni istaganlar uchun imtihonlarni qaytadan joriy qilmoqchi.

2015 yilda FIFA bu qoidani bekor qilgan edi. Natijada, ro'yxatdan o'tib, liTsenziya pulini to'lagan har qanday shaxs agent bo'lishi mumkin edi.

The Independent xabariga ko'ra, bu qoida bekor qilinadi va FIFA ikki yildan so'ng, imtihonlarni joriy qiladi.

FIFA 2015 yildan boshlab liTsenziya olgan agentlarga qayta imtihondan o'tish uchun 12 oy muxlat beradi. Agar ular imtihondan o'tolmasa, mijozlari bilan tuzgan shartnomalari bekor bo'ladi. Natijada, futbolchilar yangi agentlarni izlashi mumkin bo'ladi.