Dunyoning eng ko'p maosh oluvchi 10 nafar futbolchisi malum qilindi
Nov. 13, 2018, 8:37 p.m. 19430

Italiyalik jurnalist Tankredi Palmeri dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari haqidagi malumotlari bilan o'rtoqlashdi.

Unga ko'ra, «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi hammadan ko'p pul ishlab topayotgani malum bo'ldi. Uning yillik maoshi 40 million evroga teng. Ikkinchi o'rinda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (31 million evro), uchinchi o'rinda «PSJ» hujumchisi Neymar (30 million evro).

Top-10 dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari:

1. Lionel Messi («Barselona») – 40 million evro
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») - 31 
3. Neymar («PSJ») - 30
4. Andres Inesta («Vissel Kobe») – 25 
5. Oskar («Shanxay SIPG») – 24
6. Aleksis Sanches («Manchester Yunayted») – 22,5
7. Antuan Grizmann («Atletiko») – 20
8. Xalk («Shanxay SIPG») – 20 
9. Xaver Maskerano («Xebey Chayna Forchun») – 19
10. Xavi («As-Sadd») – 19.