Kun antiqahramoni: Iguain hakamga baqirdi va Ronaldu bilan bahslashdi
Nov. 12, 2018, 12:27 p.m. 22071

«Milan» hujumchisi Gonsalo Iguain «Yuventus»ga qarshi o'yin (0:2) antiqahramoniga aylandi.

Argentinalik futbolchi birinchi bo'lim oxirida, hisob 0:1 bo'lib turganida penaltidan gol urolmagandi. Ikkinchi bo'lim oxirida esa «Yuve» himoyachisi Medxi Benatiyaga nisbatan fol ishlatgach, arbitr Paolo MaTsTsoleni unga sariq kartochka ko'rsatdi, futbolchi esa buni nohaqlik deb hisoblab, unga baqira boshladi, shundan keyin unga qizil kartochka ko'rsatildi.

Iguain maydonni tark etishni istamadi, u o'zini tinchlantirish uchun kelgan «Real»dagi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan bahslashdi va unga ham baqirdi, «Yuventus»dagi boshqa jamoadoshlari ham uni ovuta olishmadi.

U maydonni tark etayotganida yig'lab yubordi.

Shu yil yozida «Milan» Iguainni «Yuventus»dan keyinroq 54 million evroga sotib olish sharti bilan bir mavsum uchun 18 million evroga ijaraga olgandi.