O'zil faoliyatini qaysi klubda yakunlashni istashini aytdi
Nov. 9, 2018, 9:28 a.m. 9707

«Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O'zil karerasining so'ngiga qadar hozirgi jamoasida qolishi ehtimoli yo'q emasligini aytib o'tdi.

«Nega endi bunday bo'lmasligi kerak ekan? Endi 30 ga kirdim. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin, ammo men hozir shunday katta klubning bir qismi ekanimdan xursandman. Bundan mamnunligimni bildirib aytishim mumkinki, faoliyatimga «Arsenal»da nuqta qo'yishim mumkin.

Necha yoshgacha o'ynay olaman? Ehtimol, 38 yoshimgacha. Agar o'zimni yaxshi formada his etsam, aniq 35 yo 36 yoshgacha to'p suraman, deb hisoblab kelganman. Hammasi qanday ro'y berishini bilmayman, ko'ramiz», - deb aytib o'tgan O'zilning so'zlarini keltirib o'tdi Evening Standart.

Mesut 2013 yildan buyon «to'pchilar» sharafini himoya qilib keladi. Bunga qadar u «Real», «Verder» va «Shalke 04» kabi jamoalar tarkibida o'ynagan.

Ushbu mavsumda O'zil Premer-liganing 9 o'yinida 3+1 mahsuldorlik natijasiga erishgan.