UEFA TsSKAga nisbatan intizomiy ish ochdi
Nov. 9, 2018, 10:07 a.m. 1499

UEFA Intizom qo'mitasi Moskvaning TsSKA klubiga nisbatan tekshiruv belgiladi. EChL guruh bosqichi 4-turida «Roma»ni qabul qilgan jamoa o'yin vaqtida muxlislar tomonidan tartibsizliklar keltirib chiqarilgani uchun jazolanishi mumkin.

Qo'mita TsSKAni zina yo'laklari bekitib qo'yilgani, muxlislar tomonidan maydonga narsa-buyumlar uloqtirilgani va pirotexnika vositalaridan foydalanilganida ayblamoqda. Buning uchun qanday chora ko'rilishi 22 noyabr kuni malum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, «Lujniki» stadionida o'tgan bahs mezbonlarning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakun topdi. Natijada 4 turda 4 ochko to'plagan TsSKA «G» guruhining uchinchi o'rnini egallab turibdi. Dastlabki ikki o'rindagi «Real» va «Roma» hisobida 9 ochkodan bor. So'nggi jamoa «Viktoriya Plzen» 1 ochko jamg'arishga erishgan.

Moskvaliklar keyingi turni ham o'z maydonlarida o'tkazishadi – 27 noyabr kuni «Viktoriya» Rossiya poytaxtida mehmon bo'ladi. So'nggi turda (12 dekabr) Viktor Goncharenko jamoasi «Real» maydoniga safar qiladi.