Solari «Real»ni qachongacha boshqarishi malum bo'ldi
Nov. 9, 2018, 9:55 p.m. 18203

«Real» ustozi vazifasini bajaruvchi Santyago Solari bosh murabbiy qilib tasdiqlanadi va mavsum oxiriga qadar jamoani boshqaradi, deb xabar beradi Marca.

Eslatib o'tamiz, Solari 29 oktabr kuni Xulen Lopetegi o'rniga vaqtinchalik bosh murabbiy qilib tayinlangan edi. Ayni paytda «Real» rahbariyati argentinalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoaning natijalaridan mamnun. 

Ispaniya chempionati reglamentiga ko'ra, vaqtinchalik bosh murabbiy jamoada uzog'i bilan 2 hafta faoliyat yuritishi mumkin. Solari uchun bu muddat Primera doirasidagi «Selta»ga qarshi o'yindan so'ng, 11 noyabr kuni etib keladi.