Sanjar Tursunov professional boksdagi ilk jangida meksikalik raqibini nokautga uchratdi
Nov. 9, 2018, 10:12 a.m. 2759

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov bugun AQShda professional boksdagi debyut jangini o'tkazdi.

Kaliforniya shtatidagi «Fantasy Springs Casino» arenasida o'tkazilgan jangda Tursunovga meksikalik Megel Kubos raqiblik qildi. O'zbekistonlik bokschi jangni juda faol boshladi va ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa, 20 yoshli bokschi professional ringdagi faoliyatini g'alaba bilan boshladi.

Malumot uchun, Kubos shu kungacha professonal boksda 31 ta jang o'tkazgan va ularning 11 tasida g'alaba qozongan (8 tasi nokaut bilan). 20 ta jangda esa mag'lubiyatga uchragan (9 ta jangda nokautga uchragan).

Eslatib o'tamiz, Tursunov 2017 yili dastlab qita birinchiligida chorak finaldan ortga qaytgan, so'ng jahon chempionatida -91 kg vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlangan edi. U Osiyo o'yinlari dasturidan 75 kilogrammdan yuqori vazn toifalari chiqarib tashlangani uchun Indoneziyadagi musobaqada ishtirok etmadi.