Murodjon Ahmadaliev ilk kamarini himoya qilish uchun amerikalik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi
Nov. 9, 2018, 10:40 a.m. 3446

Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliev professional boksdagi beshinchi jangini 24 noyabr kuni AQShda o'tkazadi.

Atlantik Sitidagi «Hard Rock Hotel & Casino» arenasida o'tkaziladigan jangda Ahmadalievga amerikalik charm qo'lqop ustasi Isak Zarate raqiblik qiladi. Murodjon ushbu jangda o'zining WBA InterContinental kamarini himoya qiladi. U avgust oyida chililik bokschiga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini birinchi rauddayoq nokautga uchratgan edi.

Malumot uchun, Murodjon Ahmadaliev professional ringdagi faoliyati davomida 4 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g'alaba qozongan. G'alabalarning 3 tasini nokaut evaziga qo'lga kiritgan.

Zarate esa 22 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alabaga erishgan. 3 ta jangda mag'lub bo'lgan. Yana 3 ta jangda esa durang qayd etgan.