Evropa ligasi favoritlari haftaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga nomzodlar sirasiga kiritilmadi
Nov. 9, 2018, 8:24 a.m. 1333

Evropa ligasi guruh bosqichining 4-tur o'yinlariga asosan musobaqada haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar elon qilindi.

Davogarlar to'rtligidan «Fenerbaxche» yarimhimoyachisi Matyo Valbuena, «ZalTsburg» hujumchisi Takumi Minamino (suratda), «Ayntraxt» yarimhimoyachisi Miyat Gachinovich va «Olimpiakos» xavbeki Kostas Fortunis joy oldi.

Valbuena «Anderlext» bilan o'yinda (2:0) bittadan gol va samarali pasga mualliflik qildi, Minamino esa «Rozenburg» taslim etilgan bahsda (5:2) het-trikka erishish barobarida darvoza tomon 4 ta aniq zarba yo'lladi.

Yirik hisob qayd etilgan yana bir o'yin - «Olimpiakos» - «Dyudelanj» uchrashuvi (5:1) qahramonlaridan biri, mezbonlar yarimhimoyachisi Fortunis uchta golda ishtirok etdi (2+1). «Ayntraxt» xavbeki Gachinovich «Apollon» bilan safardagi bahsda (3:2) hisobni yirik ko'rinishga keltirgan gol muallifi bo'lish bilan birga, ikkinchi golga assistentlik ham qildi.

Eslatib o'tamiz, turnirning 3-turdagi eng yaxshisi o'yinchisi etirofi «Chelsi» yarimhimoyachisi Ruben Loftus-Chikka nasib etgan edi.