APL yosh futbolchilar huquqlarini poymol qilgan London klubiga jiddiy jazo belgiladi
Nov. 9, 2018, 2:43 p.m. 2537

«Everton» kelgusi ikki yil davomida o'z akademiyasi uchun yosh o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydigan bo'ldi. BBC xabariga ko'ra, yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolash qoidalarini buzgani uchun klubga APL tomonidan shunday sankTsiya qo'llangan.

Premer-liga mutasaddilarining aniqlashicha, akademiya xodimlari taqiqlangan yo'llar bilan bolalar va ularning ota-onalarini klub bilan bitim tuzishga undagan.

Endilikda londonliklar Premer-liganing boshqa klubi tarbiyalanuvchisi sifatida ro'yxatdan o'tgan o'yinchilar bilan 18 oy davomida shartnoma imzolay olmaydi. Klub 500 ming funt miqdorida jarimaga ham tortilgan.

«Everton» rahbariyati ushbu jazoga etiroz bildirmasligini va akademiya faoliyatida islohot o'tkazishini malum qilgan, shuningdek, bunday holatlar qayta takrorlanmasligiga vada bergan.