Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga chaqirilmadi
Nov. 8, 2018, 8:05 p.m. 4513

Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi Millatlar Ligasidan o'rin olgan Italiya va Polsha terma jamoasiga qarshi o'tkaziladigan o'yinlarga chaqirilgan futbolchilarni elon qildi.

Tarkibda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga joy topilmadi. Uning o'rniga hujum chizig'ida Andre Silva («Sevilya») va Gonsalu Guedesh («Valensiya») o'ynaydigan bo'ldi.

To'liq tarkib quyidagicha:

Darvozabonlar: Betu («Go'ztepe»), Klaudio Ramos («Tondela»), Ruy Patrisiu («Vulverhempton»);
Himoyachilar: Sedrik Soaresh («Sauthempton»), Joau Kanselu («Yuventus»), Luish Netu («Zenit»), Joze Fonte («Lill»), Mariu Ruy («Napoli»), Pepe («Beshiktosh»), Rafael Gerreyro («Borussiya» D), Ruben Diash («Benfika»);
Yarimhimoyachilar: Andre Gomesh («Everton»), Brunu Fernandesh («Sporting»), Danilu Pereyra («Portu»), Joau Mariu («Inter»), PiTsTsi («Benfika»), Renatu Sanshesh («Bavariya»), Ruben Nevesh («Vulverhempton»), Vilyam Karvalyu («Betis»);
Hujumchilar: Andre Silva («Sevilya»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Bruma («RB LeypTsig»), Gonsalu Guedesh («Valensiya»), Rafa Silva («Benfika») va Antonio Eder («Lokomotiv»).

Portugaliya terma jamoasi Italiyaga qarshi o'yinni 17 noyabr kuni, Polshaga qarshi bahsni 20 noyabr kuni o'tkazadi.