Ramos raqibining burnini sindirdi
Nov. 8, 2018, 12:35 p.m. 6607

«Real» himoyachisi Serxio Ramos Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan «Viktoriya»ga (5:0) qarshi o'yinda Milan Xavelning burnini sindirdi.

24 yoshli futbolchi qon ketishi tufayli, o'yinni davom ettirolmadi va zudlik bilan almashtirildi. O'yinni boshqargan hakam Deniz Aytekin Ramosga nisbatan hech qanday chora ko'rmadi.

Bellashuvdan so'ng, Ramos raqibiga ataylab jarohat etkazmaganini aytdi.

«Men unga jarohat etkazmoqchi emasdim. O'yindan so'ng, kiyinish xonasiga borib, u bilan gaplashmoqchi edim. Ammo u shifoxonaga ketgan ekan. Shunda unga SMS yubordim», - deb Ramos so'zlarini keltirmoqda AS.