«PSJ» transferlar chog'ida futbolchining irqiga etibor bergani malum bo'ldi
Nov. 8, 2018, 7:02 p.m. 4997

FranTsiya matbuoti Football Leaks surishtiruviga asoslangan holda «PSJ» klubi tomonidan irqiy kamsitish holatlariga yo'l qo'yilgani haqida yozdi.

2013 - 2018 yillar davomida «PSJ» futbolchilarning irqiga etibor bergan va qoratanlilarni jamoaga olmagan. 

Bundan tashqari, 2014 yili yosh qoratanli futbolchi transferidan voz kechilgach, klub ichida nizo kelib chiqqan. Bu haqdagi batafsil malumot keyinchalik oshkor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq, Football Leaks tomonidan bir qancha maxfiy malumotlar, jumladan «PSJ» klubi UEFA sobiq prezidenti Janni Infantinoning noqonuniy yordamida moliyaviy feyr-pley qoidalarini aylanib o'tgani haqida xabarlar tarqalgan edi.