Mourino FAni ham «troll» qildi
Nov. 8, 2018, 12:01 p.m. 7713

EChL guruh bosqichida «Yuventus» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng, «Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino Angliya Futbol AssoTsiaTsiyasi ustidan ham hazil qildi. 

Gap shundaki, uchrashuv o'z nihoyasiga etishi bilan portugaliyalik murabbiy maydonga chiqib, qo'lini qulog'iga olib borib, «eshitmayapman» degan qiyofada turinlik muxlislarga qulog'ini tutgandi. Keyinchalik, bu harakatida biroz qizishib ketganini takidlagan Mourino media zonasida biroz boshqacha, hazilomuz intervyu bergan. 

- «Siz italyan tilini bilasizmi?» – deb so'radi Joze, uni ushbu vaziyat borasida savolga tutgan jurnalistdan. 
- «Yo'q»
- «U holda FAdan so'rang, tarjima qilib berishadi».

Esingizda bo'lsa, Angliya Premer Ligasi doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi o'yindan (3:2) so'ng, Mourino telekameraga portugal tilida nimadir degan va o'shanda nojoiz so'zlar aytilgani iddao qilinib, FA Mourinoga qarshi ish ochgandi. Oqibatda ayblovlar asossiz deb topilib, murabbiy jazodan qutulib qolgandi.