Mbappening ikki natijasi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
Nov. 8, 2018, 9:14 p.m. 11996

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Ginness rekordlar kitobining ikki karra rekordchisiga aylandi.

L'Équipe xabariga ko'ra, 2017 yilda futbolchi tomonidan erishilgan yutuqlar rasman kitobga kiritildi.

2017 yil 9 may kuni Mbappe «Monako» tarkibida, Chempionlar Ligasi yarimfinalida «Yuventus»ga gol urdi va bunday ko'rsatkichga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi – 18 yosh 140 kun.

Bundan tashqari, hujumchi 2017 yil dekabrda «Oltin to'p» nomzodlari ro'yxatiga kiritilgan eng yosh futbolchi bo'ldi - 18 yosh 293 kun.