Luis Enrike Serxio Ramos haqidagi fikrlarini bayon qildi
Nov. 8, 2018, 10:47 p.m. 9293

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike «Real» himoyachisi Serxio Ramos haqidagi fikrlarini bayon qildi.

«Futbolchilarga qaratilgan hushtakbozlik – futbolning bir qismidir. O'yinchilar maqtovga ham, tanqidga ham tayyor turishi kerak. Ramos obro' va irodaga ega o'zgacha o'yinchi. U Ispaniya terma jamoasi va klubi bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. Ramos – ajoyib professional va etakchi, u boshqalar uchun o'rnak bo'la oladi», – dedi Enrike.